«Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

    ❗️S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024 yil 9 oktabrdagi qaroriga asosan, yurtimizda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

    Tanlovda ishtirok etish uchun:

    🎥 “Yurtim qadriyatlari” mavzusida videorolik yoki fotolavhalar tayyorlab, 2025 yil 25 iyulgacha taqdim etishingiz zarur.

    🏆 G‘oliblar filial rahbariyati tomonidan taqdirlanadi!

    Yurtimizning milliy qadriyatlarini saqlashda va ularni keng targ‘ib etishda o‘z ijodiy hissangizni qo‘shing!

    Ma’lumot uchun: @VGIKTashkent_bot,   +998991472266

 

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali Yoshlar ittifoqi kengashi xonasida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.Shomurodov boshchiligida Alisher Navoiyning 584 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    📚 Tadbirda faol talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, rus va o‘zbek tillarida Alisher Navoiyning mashhur g‘azallaridan yod olishdi va ularni o‘qib eshittirishdi.

    🎭 Davra suhbati davomida Navoiyning badiiy merosi, uning ijodi va millat taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr almashildi.

 

Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil!

    Bugun yurtimizda O‘zbek adabiyoti va madaniyatining buyuk siymosi, jahon tamadduni rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk shoir va mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda.

    ⚡️ She’riyat mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haqida 10 ta fakt!

 

Памятник Алишеру Навои в городе Анкара. 

Памятник Алишеру Навои в городе Баку.

 

Памятник Джами и Навои в городе Душанбе.

 

Памятник Алишеру Навои в городе Москва.

 

Памятник Алишеру Навои в городе Ташкент.

 

Памятник Алишеру Навои в городе Баку.

 

Памятник Алишеру Навои в Библиотеке Конгресса в Вашингтоне.

2025 yil 24 yanvar kuni hamkorlik memorandumi imzolangan

    2025 yil 24 yanvar kuni BDKU Toshkent filiali direktori I.Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

    Ushbu memorandumga muvofiq, “O‘zbekfilm” kinostudiyasining pavilyonlarida1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishining talabalarining ijodiy kurs ishlari uchun maxsus dekoratsiyalar qurish rejalashtirilgani haqida ma’ulumot berilgan edi, hozirda 2025 yil 8 fevral holatiga 1-kurs Kinooperatorlik  ta’lim yo‘nalishi kurs ijodiy ishlarining maxsus dekoratsiyasining tayyor xolatga olib kelinmoqda.

   “O‘zbekfilm”ning zamonaviy moddiy-texnika bazasidan kerakli kamera,chiroqlar,rikvizitlar hamda liboslar tanlanib tasvirga olish ishlarini vaqtini belgilash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.