2025-yil 19–21-aprel kunlari Moskvada Ikkinchi Xalqaro she’riyat ijrochiligi tanlovi bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️2025-yil 19–21-aprel kunlari Moskvada Konstantin Raykin nomidagi Yuqori sahna san’ati maktabida (Teatr maktabi) teatr oliygohlari va kollej talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Taburetka” nomli Ikkinchi Xalqaro she’riyat ijrochiligi tanlovining yakuniy (an’anaviy) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Tanlovda Rossiyaning turli hududlari, Moskva va Sankt-Peterburg, shuningdek, yaqin xorijdan 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

    ☄️BDKU Toshkent filiali nomidan ssenariynavislik fakulteti dotsenti Yusupova V.I. va aktyorlik san’ati yo‘nalishining 3-kurs talabasi Azamov Nodirbek hamda talabalar Ten Andrey va Fadeyev Valeriy tanlovda munosib ishtirok etdilar.

    ⭐️Azamov Nodirbek quyidagi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli natijalarga erishdi:
     • “Klassika” nominatsiyasi bo‘yicha – faxrli 2-o‘rin, A.S. Pushkinning “Mozart va Saleri” (Kichik fojialar) asaridan Salerining monologini o‘qiganligi uchun;
     • “Zamonaviylik” nominatsiyasi bo‘yicha – Aleksandr Chatskiyning “Omadli ov” she’rini o‘qiganligi uchun 3-o‘rin.

    ✨Barcha ishtirokchilarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga yangi sahna zafarlari tilaymiz!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Tinchlik uchun rahmat” qisqa metrajli filmiga lokatsiya tanlandi🌿

    ✔️2025 -yil 19-aprel kuni BDKU Toshkent filialining ijodiy guruhi “Tinchlik uchun rahmat” nomli qisqa metrajli film uchun lokatsiya tanlash maqsadida tog‘li hududlarga tashrif buyurdi.

    ⚡️Film rejissyori — 3-bosqich “Rejissura kino va TV” yo‘nalishi talabasi Munisa Magamet, postanovkachi operator- — 1-bosqich «Produserlik» yo‘nalishi talabasi Sadriddin Shahobiddinov.

    💥Guruh tarkibiga produser, operator, rassom-postanovshchik va boshqa ijodiy jamoa a’zolari kirdi. Ular tog‘li manzaralardan ilhom olib, film atmosferasini ochib berishga xizmat qiladigan vizual yechimlarni izlashdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Amadey” filmining kult sahnasi — BDKU talabalari ijrosida

    🗣️“Kinoyoritish” fanidan o‘quv topshirig‘i doirasida BDKU talabalari “Amadey” filmining mashhur sahnasini foto-raskadrovka tarzida qayta yaratishdi. Loyiha yorug‘lik dramaturgiyasi, kompozitsion tafakkur va jamoaviy ijod asosida shakllandi.

    ✔️Amaliy mashg‘ulotlar ustozlar M. Saliev va U. Malikov rahbarligida olib borildi. Ularning ko‘magi talabalar uchun ijodiy tayanch bo‘ldi.

    ⚡️Shuningdek, “O‘zbekfilm” kinokonsernining yorituvchilari, kostyumerlar, rekvizitorlar va texnik xodimlarning yordami asosida loyiha yanada jonli chiqdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Umid Malikov ijodiy ustaxonasi: amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

    📌Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari Umid Malikov rahbarligida amaliy mashg‘ulot davomida “Choponcha” nomli davlat loyihasining suratga olish jarayonida ishtirok etdilar. Loyiha rejissyori — Jamoliddin Kuziboyev, postanovkachi operator — Umid Malikov.

    💥Talabalar suratga olish maydonida haqiqiy tajriba orttirishdi va o‘z malakalarini oshirishdi.

    ⭐️Umid Malikov talabalarni tasvirga olish maydonida amaliy jihatdan o‘qitishni davom ettirmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialidan telekanallar bilan onlayn muloqot

    ⚡️2025-yil 18-aprel kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali rahbariyati xususiy telekanallar vakillari bilan ZOOM orqali onlayn muloqot o‘tkazdi.

    ✔️Uchrashuv davomida filialda ochilgan 1 va 2 yillik oliy kurslar —
“Televideniya dastur boshlovchisi”, “Kino-televideniya operatori”, “Telerejissyorlik”, “Kinorejissyorlik” va “Prodyuserlik” yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

    💥Filial rahbariyati teleradiokompaniyalar bilan malakali kadrlar tayyorlash borasida yaqin hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.

    ➡️Shuningdek, oliy kurslarda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan televideniya va kino san’ati sirlari o‘rgatilishi, kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga 10 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan VGIK diplomi topshirilishi ma’lum qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Faol ishtirok etgan talabalarga rag‘bat!

    ⚡️S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida o‘tkazilgan ijodiy loyihalar taqdimotida faol ishtirok etgan talabalarga filial direktori I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan tashakkurnomalar, maxsus sovg‘alar va pul mukofotlari topshirildi.

    ✨ Bu kabi e’tibor yosh ijodkorlarni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlaydi va izlanishlariga kuch bag‘ishlaydi!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook