2026–2027 O‘QUV YILI UCHUN QABUL KVOTALARI TASDIQLANDI!

S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari e’lon qilindi!

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talaba bo‘lish imkoniyati ochildi:

Produserlik
Dramaturgiya (Kinodramaturg)
Aktyorlik san’ati
Kino va televideniye rejissyorligi
Animatsiya va kompyuter grafikasi rejissurasi
Kinooperatorlik
Dramaturgiya (Magistratura)

Jami: 120 ta o‘rin
Grant: 36 ta
Kontrakt: 84 ta

Bu – professional kino olamiga kirish, o‘z iste’dodingizni namoyon etish va katta sahnaga chiqish imkoniyati!

Orzularingizni bugundan boshlang!
Kelajagingizni VGIK bilan quring!

Ta’lim rus tilida olib boriladi.

📄 HUJJATLAR RO‘YXATI:

  1. Ariza
    2. Pasport/ID karta nusxasi;
    3. O‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi/litsey (kollej)ni tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom yoki o‘qish joyidan ma’lumotnoma (agar hujjatlarni topshirish vaqtida abituriyent bo‘lsa);
    4. Rasmlar (3×4) – 6 dona;
    5. Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lganlar uchun harbiy guvohnoma yoki chaqiriluvchilar uchun ro‘yxatga olish guvohnomasi.
  2. Ma’lumot uchun:
    @VGIKTashkent_bot
    +998 99-855-74-20
    +998 90-185-35-31