Turkiston saroyida Vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari uchun ilk marotaba kengaytirilgan kengashi bo‘lib o‘tdi.
15-avgust kuni, poytaxtdagi Turkiston saroyida Vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari uchun ilk marotaba kengaytirilgan avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda 800 nafarga yaqin soha vakillari ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova, Vazirlik huzuridagi Madaniyat ta’limi markazi direktori Alisher Djamaldinov, BDKU Toshkent filialidan direktor, professor I. M. Meliqo‘ziyev, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, maktab direktorlari va o‘qituvchilari qatnashdi.









Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
