“Produserlik mahorati” darsida maxsus mehmon Feliks Umarov.

    ⚡️14-may kuni Tashkentdagi BDKU filialida “Produserlik mahorati” darsida (o‘qituvchi — F. Krivosheyev, Rossiya Produserlar Gildiyasi a’zosi) maxsus mehmon Feliks Umarov.

    Feliks Umarov onlayn tarzda talabalarning savollariga javob berdi. Qiziqarli fakt: u Toshkentda tug‘ilgan.

    Rejissyor O‘zbekistonga tashrif buyurishga va’da berdi. Balki keyingi safar biz uni ochiq darsda kutib olamiz!

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab videorolik suratga olindi.

    ⚡️BDKU Toshkent filialining 1-bosqich “Kinooperatorlik” yo‘nalishi talabasi Konstantinov Stepan (Umid Malikov ustaxonasi) tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab videorolik suratga olindi.

    Ijodiy guruh:
     • Rejissyor–operator–postanovshchik — Konstantinov Stepan
     • Aktyor — Petrunin Nikolay
     • Badiiy bezakchi — Kuziyeva Laura
     • Diktor — Sattorov Jamshiddin
     • Montaj rejissyori — Husanov Botir

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Milliy qadriyatlar sayli” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari tomonidan Adiblar xiyobonida o‘tkazilayotgan “Adabiy-ma’rifiy haftaliklar” doirasida “Milliy qadriyatlar sayli” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
    Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.V. Xmirov hamda talabalar ishtirok etishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025-yil 7–10-may kunlari malaka oshirish kurslari “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.

2025-yil 7–10-may kunlari bolalar uchun tarbiyaviy, milliy va zamonaviy ruhdagi qahramon obrazlarini yaratish, milliy kontent tayyorlashga qaratilgan “Yangi avlod qahramonlari” nomli malaka oshirish kurslari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir doirasida ijodiy master-klasslar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filialining direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev boshchiligida iqtidorli talabalardan iborat bir guruh ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun yuborildi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook