“Kino Lab Tashkent Media Sentr”

    🗣️BDKU Toshkent filiali qoshida “Kino Lab Tashkent Media Sentr” o‘z faoliyatini 2025-yil 23-sentyabrdan boshlaydi!

    ⭐️Mazkur tashabbus talabalar ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularning amaliy tajribasini boyitish hamda zamonaviy kino va teatr san’atida o‘z o‘rnini topishi uchun muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

    ✔️“Kino Lab Media Sentr” faoliyatida Moskva shahridagi BDKU o‘zbek guruhi bitiruvchilari jalb etilgan.

    📌Yaqin kunlarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar ochilishi rejalashtirilgan:
     1. Aktyorlik mahorati
     2. Operatorlik san’ati
     3. Sun’iy intellekt
     4. Fotosan’at
     5. Vokal
     6. Raqs

    ⚡️Bugungi kunda Kino Lab Media Sentr yosh avlodning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbiy rivojlantirish va milliy hamda jahon san’ati bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilmoqda.

    🗓Ochilish marosimi 2025-yil 23-sentyabr kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook