“MADANIYAT VA SAN’AT FIDOKORLARI”

“MADANIYAT VA SAN’AT FIDOKORLARI” TAQDIRLANDI

    Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda oʻz kasbini chin dildan sevgan, fidokorona mehnat qilayotgan oʻqituvchi va murabbiylar “Madaniyat va san’at fidokori” hamda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

    Mazkur nishon ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohasida yuksak natijalarga erishgan, yoshlarga ilm berishda fidoyilik koʻrsatgan pedagoglarga topshirildi.

    Taqdirlanganlar safida BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqoʻziyev hamda dotsent Rashid Malikovlar bor.
Ularga berilgan ushbu yuksak e’tirof nafaqat shaxsiy mehnatiga, balki universitet jamoasi faoliyatiga ham berilgan katta baho sifatida qayd etildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook