“Yevraziya-Kinofest” kinoforumi Toshkentda!
📌7–9 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Yevraziya” xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi avtonom nodavlat tashkiloti tomonidan “Yevraziya-Kinofest” kinoforumi o‘tkaziladi.
⌛Dastur doirasida:
• “Yevraziya-Kinofest” g‘oliblarining filmlari namoyish etiladi;
• mashhur kino va estrada san’atkorlari bilan uchrashuvlar;
• aktyorlik mahorati bo‘yicha master-klasslar;
• yoshlar uchun kinopedagogika kurslari tashkil etiladi.
📍Asosiy tadbirlar, uchrashuvlar va master-klasslar BDKU Toshkent filialida bo‘lib o‘tadi.
Barcha ishtirokchilar uchun kirish bepul.
➕Talabalar va kinosevar yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!



Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
