KVIZ – bilimdonlar intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️2025-yil 5-dekabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan KVIZ – bilimdonlar intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir davomida talabalar konstitutsiyaga oid savollarga jamoa bo‘lib javob topish, tez va aniq fikrlash, eslab qolish, shuningdek, pantomima san’atini namoyish etish orqali o‘z bilim va iqtidorlarini ko‘rsatdilar.

    Ushbu qiziqarli va mazmunli tadbir talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook