Ta’lim sifatini oshirish sari
⚡️#Ta’lim sifatini oshirish sari: Filialda muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
🗣️2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va 2026-yil uchun rivojlantirish rejalari muhokamasi jarayonida direktor I.M.Meliqo’ziev rahbarligida filialning tashkiliy tuzilmasi hamda moliyaviy-shtat jadvallarini to‘g‘ri va samarali taqsimlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, ilmiy-innovatsion faoliyatni kuchaytirish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni yanada takomillashtirish va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni zamon talablari asosida olib borish bo‘yicha batafsil tayyorgarlik amalga oshirildi.
Yig‘ilish davomida oliygoh faoliyatini izchil isloh qilish, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, talabalarga yaratiladigan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimini shakllantirishga doir ustuvor vazifalar belgilandi.
Mazkur kelishuvlar ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan hamohang bo‘lib, filialning barqaror rivojlanishi va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.









Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
