Innovatsiya va taraqqiyot ustuvor:
⚡️Innovatsiya va taraqqiyot ustuvor: filialda strategik vazifalar belgilandi
📈Filialda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor rivojlantirish vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish direktor I.M. Meliqo‘ziyev rahbarligida bo‘lib o‘tdi.
🗣️Yig‘ilishda tashkiliy tuzilma, moliyaviy va shtat jadvallarini samarali taqsimlash bo‘yicha batafsil muhokamalar olib borildi. Ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, professor-o‘qituvchilarni xalqaro va davlat grantlariga jalb etish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Bu jarayonlar ijrosi Ilmiy-innovatsiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Yuldashev zimmasiga yuklatildi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tubdan takomillashtirish, yoshlar ongida milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash bo‘yicha manzilli rejalar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishdagi topshiriqlar Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J. Shomurodovga berildi.
✔️Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati bilan hamohangligi va filialning barqaror rivojiga xizmat qilishi qayd etildi.







Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
