Kinooperatorlik ta’limi

    🎬Kinooperatorlik ta’limi: nazariya va amaliyot uyg‘unligi ⚡️Amaliyotdagi ijodiy tajriba

    ➡️BDKU Toshkent filiali kinooperatorlik yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mogoch Tamila Andrey Tarkovskiyning “Stalker” filmi asosida (Umid Malikov ijodiy ustaxonasi) kurs ijodiy ishini amalga oshirmoqda.

    Tasvirga olish jarayonlari filialning maxsus kinopavilyonlarida olib borilmoqda. Rassom va rejissyorlar bilan hammualliflikda kino yoritilishi uslublari ustida ijodiy tajribalar o‘tkazilmoqda. Sun’iy chiroqlar yordamida tabiiy yorug‘lik muhitini yaratish orqali talabalar o‘z amaliy mahoratlarini yanada oshirmoqdalar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook