Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim qadam

   

    2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 12-mart kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida muhim tashabbus amalga oshirildi.

    Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda direktor o‘rinbosarlari boshchiligida talabalar uchun 5 ta sport yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan maxsus xona foydalanishga topshirildi.

    Mazkur xonada sport mashg‘ulotlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, filial sportchi talabalari hamda ularning sportdagi yutuqlari aks etgan suratlar ham joylashtirilgan.

    Ushbu tashabbus talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook