BDKU TOSHKENT FILIALI – BITIRUVCHILAR DAROMADI BO‘YICHA O‘ZBEKISTONDA YETAKCHI!

 

  “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahar filiali bitiruvchilari o‘rtacha 23,4 mln so‘m     rasmiy oylik daromad bilan O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari orasida 1-o‘rinni egalladi! 2025-yil iyulidan 2026-yil iyunigacha bo‘lgan davrda bitiruvchilarning respublika miqyosidagi o‘rtacha  rasmiy oylik daromadi 4,9 mln so‘mni tashkil etgan.
    Ijod (sport) yo‘nalishlari bitiruvchilarining o‘rtacha daromadi esa 6,33 mln so‘mni tashkil etgan.
    BDKU Toshkent filiali — 23,4 mln so‘m!
    Bu natija bitiruvchilarimizning yuqori kasbiy tayyorgarligi, ijodiy salohiyati va mehnat bozoridagi talab yuqoriligini namoyon etadi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

E’LON


S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali quyidagi bo‘sh (vakant) professor-o‘qituvchilik lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

1. «Kinooperatorlik mahorati» kafedrasi:

kafedra mudiri — 1 ta;
professor — 3 ta;
dotsent — 5 ta;
katta o‘qituvchi — 5 ta;
o‘qituvchi-stajyor — 3 ta.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Rektor nomiga ariza;
Ishlovchining shaxsiy varaqasi;
Ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonini tasdiqlovchi diplomlar nusxalari;
Pasport yoki ID-karta nusxasi;
Ilmiy ishlar ro‘yxati;
Malaka oshirilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
Mehnat daftarchasi nusxasi.

Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddat davomida qabul qilinadi.

Hujjatlarni topshirish manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy, 210-xona.

Hujjatlarni topshirish uchun o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda xodimlar inspektoriga murojaat qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 (99) 855-74-20
Bog‘lanish uchun elektron pochta: zvurej.dii.ok@mail.com

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

#Quvonchli xabar!

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali yana bir muhim yutuqqa erishdi!
    2024-yil 28-dekabr kuni filial xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan edi.

    Endilikda filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Akkreditatsiya komissiyasining ijobiy xulosasi asosida rasman davlat akkreditatsiyasidan ham muvaffaqiyatli o‘tdi.
    Mazkur yutuq filial rahbariyatining izchil sa’y-harakatlari, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning fidokorona mehnati hamda ta’lim sifatini milliy va xalqaro standartlar asosida yuksaltirish yo‘lida olib borilgan samarali faoliyatining yorqin natijasidir.

    Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va bitiruvchilarni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!

   «S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti» Toshkent filiali axborot xizmati

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Yangi O‘zbekiston yoshlari” bitiruv oqshom


    2026-yil 6-iyul kuni «S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti» Toshkent filialida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilariga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Tadjixanov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Sh.T. Rizayev, filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi birinchi kotibi A.B. Naniyeva, VGIK o‘quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori I.V. Korotkov hamda ssenariyshunoslik va kinoshunoslik fakulteti dekani V.V. Marusenkov ishtirok etdi.
    Tadbir davomida faxriy mehmonlar bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, ijodiy yutuqlar va kasbiy muvaffaqiyatlar tiladilar.

    «S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti» Toshkent filiali axborot xizmati

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

30-iyun – Yoshlar kuni

    Hurmatli yoshlar!

    Sizlarni 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida siz olgan bilim va ko‘nikmalar nafaqat shaxsiy rivojlanishingizga, balki milliy kinematografiyamiz taraqqiyotiga ham ulkan hissa qo‘shishiga ishonaman.

    Biz bir ijodiy jamoamiz! Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, bir maqsad sari intilamiz. Sizning muvaffaqiyatingiz – bu hammamizning yutug‘imiz.

    Hurmat bilan,
    Filial direktori, professor
    I.M. Meliqo’ziyev

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook