2026-yil 16-aprel, payshanba kuni rahbariyat va yoshlar uchrashuvi



1-kurs “Kinooperatorlik” yo‘nalishi talabalari tomonidan bildirilgan taklif va istaklar ijobiy ko‘rib chiqilib, amalda hal etildi.
Talabalar kurs ishlarini yanada sifatli va professional darajada tasvirga olishlari uchun maxsus dekoratsiya qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur tashabbus filial direktori, professor I. M. Meliqo‘ziyev tomonidan yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.
Natijada, talabalar uchun amaliy tajriba orttirish va erkin ijod qilish imkoniyatlari yanada kengaydi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
