“Ssenariusdan ssenariygacha”

    📣 11-dekabr, soat 11:00 da Toshkentdagi BDKU filialida yozuvchi va dramaturg Natalya Sterkina ishtirokida “Ssenariusdan ssenariygacha” mavzusida Q&A (savol-javob) formatidagi mahorat darsi bo‘lib o‘tadi!

    Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari, talabalar, bitiruvchilar va abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

    Natalya Iosifovna Sterkina — Moskva yozuvchilar uyushmasi va Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 6 ta nasriy kitob, bir nechta pyesa va kinossenariylar muallifi.

    Manzil: Toshkent shahri,Chilonzor ko’chasi 1 A

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Konstitutsiya – mening nigohimda”

    ⚡️2025-yil 9-dekabr kuni “Aktyorlik mahorati” ustaxonalarining ochilish marosimi doirasida “Konstitutsiya – mening nigohimda” nomli foto, videorolik va maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Filial direktori I. Meliqo‘ziyev tomonidan talabalar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filiali talabalarining orzusi ushaldi!

    ⚡️2025-yil 9-dekabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali talabalarining orzusi ushaldi!

    📌O‘zbekiston xalq artisti, dotsent K. Mirxodiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, dotsentlar R. Abdullaev va B. Xolmirzaev ustaxonalari zamonaviy tarzda mukammal ta’mirdan chiqarilib, talabalarga topshirildi.

    Ustaxonaning bir burchagida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum M.D. Kaminskiy xotirasiga bag‘ishlab maxsus burchak tashkil qilindi.

   “Aktyorlik mahorati” ustaxonalarining ochilish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Tadbirda filial direktori, professor I. Meliqo‘ziev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

    Yangilangan ijodiy makon yosh aktyorlar uchun yangi imkoniyatlar, yangi tajribalar va katta ilhom manbaiga aylanadi! 🎭✨

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Hurmatli hamkasblar va talabalar!

    Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklaymiz!
    Konstitutsiya – bu yurtimiz mustaqilligi, demokratik taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquq va erkinliklarining mustahkam kafolatidir.

    Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Konstitutsiya – xalqimiz irodasi, adolatli davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam huquqiy poydevoridir.

    Bugungi kunda Asosiy Qonunimiz har bir fuqaroni­ng huquq va manfaatlarini himoya qilishda, jamiyatda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

    Sizlarga mustahkam sog‘liq, tinch-osuda hayot, yurtimiz ravnaqi yo‘lida yangi yutuq va zafarlar tilaymiz!

    Konstitutsiya – bu qonuniylik, adolat va taraqqiyot ramzidir!

    Hurmat bilan,
    Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti” filiali direktori, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Meliqo‘ziyev Iqbol Mamasodiqovich

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook