025-yil 15-avgustga qadar davom etadi.

    🎬 BDKU Toshkent filiali “Kinooperatorlik” yo‘nalishiga qo‘shimcha qabul e’lon qiladi!

    Qabul faqat to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi va 2025-yil 15-avgustga qadar davom etadi.

    🎥 Ijodiy ustaxona rahbari: Xasanov Xamidulla Babayevich

    📌 Imtihonlar ijodiy ishlar ko‘rigi va suhbat asosida o‘tkaziladi.

    📣 Shoshiling! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

    🔗 Qo‘shimcha ma’lumot:
    @VGIKTashkent_bot
    +998 97-729-10-24
    +99899 – 147-22-66

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

    Aziz yurtdoshlar!
    Sizlarni 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

    Ushbu bayram yurtimizda turli millat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va totuvlikni ifodalovchi ezgu qadriyatlarni yuksak darajada e’tirof etish kunidir. Bag‘rikenglik, tinchlik va hamjihatlik jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

    Xalqlar do‘stligi abadiy bo‘lsin!

    Hurmat bilan,
    professor I.M. Meliqo’ziyev
    Toshkentdagi BDKU filiali direktori

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Bugun, milliy mukofoti sovrindori, Karim Mirxodiyev tavallud topgan kun.

    Bugun, 29-iyul sanasida, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, BDKU Toshkent filiali dotsenti, ikki karra “Oltin Humo” milliy mukofoti sovrindori, Karim Mirxodiyev tavallud topgan kun.

    🎉 BDKU Toshkent filiali ustozni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi hamda sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ijodiy barakot tilaydi!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Eng faol hamkor tashkilot” nominatsiyasi topshirildi.

    2024–2025 o‘quv yili davomida Toshkentdagi BDKU filiali talabalarining ijodiy o‘quv kurs ishlari, amaliy mashg‘ulotlari va turli tadbirlarida zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlab, ularning filmlarini suratga olish jarayonida yaqindan ko‘maklashgan hamkorlarga “Eng faol hamkor tashkilot” nominatsiyasi topshirildi.

    Ushbu nominatsiya “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muhamedov va “Illusion Pictures” studiyasi rahbarlari Sh.Qayumovlarga minnatdorchilik sifatida berilib, faxriy diplom va esdalik sovg‘alari filial direktori, professor I.Meliqo‘ziyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan faxriy sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    Ilmiy kengashning yakuniy yig‘ilishi doirasida 2024–2025 o‘quv yilida samarali faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar, ijodiy ustaxona rahbarlari, boshqaruv xodimlari hamda faol talabalar BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan faxriy sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    🎉 Ularning fidokorona mehnati va tashabbuskorligi filial jamoasi tomonidan yuqori baholandi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook