BDKU Toshkent filialida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    ▶️BDKU Toshkent filialida katta o‘qituvchi O.O. Sbitneva tomonidan “Gollivud mifining ekrandagi rekonstruksiyasi: Billi Uaylderning «Sunset Boulevard» va Jin Kellining «Singin’ in the Rain» filmlari misolida” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mahorat darsi davomida Gollivud kinosining afsonaviy obrazlari, ularning ekrandagi talqini hamda klassik filmlarning jahon kinematografiyasidagi o‘rni tahlil qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida ta’lim dasturlarini kengaytirish istiqbollari belgilab olindi.

    ⚡️BDKU Toshkent filialini yanada rivojlantirish, kinematografiya sohasidagi ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, oliy kurslarni takomillashtirish hamda 2026–2027 o‘quv yillari uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich joriy etish masalalari yuzasidan muhim va tizimli muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kinematografiya yo‘nalishidagi qo‘shimcha ta’lim dasturlarini kengaytirish istiqbollari belgilab olindi.

    📌Uchrashuvlarda Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahridan tashrif buyurgan BDKI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.V.Korotkov hamda o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i V.V.Ataman ishtirok etdilar. Tadbirda BDKU Toshkent filiali direktori I.M.Meliqo‘ziyev, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va barcha xodimlar qatnashdi.

    Uchrashuvlar davomida bitiruvchilar himoyalarini yagona va aniq talablar asosida tashkil etish, bitiruv malakaviy ishlarini kelgusida xalqaro festival va tanlovlarda munosib ishtirok ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, filial rahbariyati Moskva shahridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar – O.O.Sbitneva , I.V.Soshnikova va Y.M Belenkovlarga talabalar uchun o‘tkazilgan mahorat darslari uchun minnatdorlik bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

    Mazkur tashrif va uchrashuvlar BDKU Toshkent filialida ta’lim sifati, ilmiy-ijodiy salohiyat hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKI filialida uchrashuv bo’lib o’tdi

    ⚡️2025-yil 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A. Tadjixanov hamda Ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Sh. Sharipov Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan tashrif buyurgan BDKI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.V. Korotkov va BDKU Toshkent filiali direktori I. Meliqo‘ziyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    🗣️Uchrashuvda madaniyat va oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek filialda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tizimli ishlar muhokama qilindi.

    Xususan, bitiruvchi talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yilayotgan talablar, ularning sifat va mazmunini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul kvotalari bo‘yicha muhim va strategik fikr almashildi.

    Mazkur uchrashuv milliy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda madaniyat va ta’lim sohalarida barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Oltin Humo” – 2025 milliy kinotaqdimoti g‘olibi!

    🏆 “Oltin Humo” – 2025 milliy kinotaqdimoti g‘olibi! 🎬 “Tomoshabin mehrini qozongan film” nominatsiyasi sovrindori — “IMKON FILMS” kinostudiyasi mahsuloti, rejissyor Iqbol Meliqo‘ziyev tomonidan suratga olingan “Amaliyotchi qiz” badiiy filmi!

    ✨ Tomoshabin qalbidan joy olgan, hayotiy voqealar va samimiy tuyg‘ularni mujassam etgan ushbu film milliy kinematografiyamizning yorqin yutug‘i sifatida e’tirof etildi.

    🎥 O‘zbek kinosi rivoji yo‘lida yana bir muhim g‘alaba!

    🏆 «Олтин Хумо» — лауреат Национальной кинопремии 2025 года!

   

    Batafsil havola orqali: Iqbolmeliquziev

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025-yil 18-dekabr kuni muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️2025-yil 18-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan tashrif buyurgan BDKI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.V. Korotkov, prodyuser I.V.Soshnikova, shuningdek filial direktori I.M.Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.B.Muhamedov ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Uchrashuv davomida mehmonlar “O‘zbekfilm” kinokonserni faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar milliy kinematografiyani rivojlantirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, ijodiy almashinuv hamda kelgusida o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan kelishuvga erishdilar.

    Mazkur uchrashuv xalqaro tajriba almashinuvi, yosh kadrlar tayyorlash va kino sohasida strategik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook