DIQQAT! IJODIY YO‘NALISHDA TA’LIM OLMOQCHIMISIZ?

    🎬  S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2025–2026 o‘quv yili uchun 55.05.01 – Rejissura: kino va televideniye yo‘nalishiga bakalavr kunduzgi va 2 yillik oliy kurslar uchun qabul boshlanganini e’lon qiladi!

    🎬 O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli rejissyor Jahongir Qosimov Mirsabitovich rahbarligidagi  ijodiy ustaxonaga talabalar qabul qilinadi.

    🎓 Qabul kvotalari:
    🎞 Jami: 15 ta o‘rin
    ✅ 5 ta o‘rin – davlat granti asosida
    ✅ 10 ta o‘rin – to‘lov-kontrakt asosida

    📅 Qabul muddati: 20-iyun – 15-iyul
    📽 Abituriyentlardan ijodiy ishlarini topshirilishi talab qilinadi. Bu sizning professional g‘oya va sahnaviy tafakkuringizni namoyon etish imkoniyatidir.

    📚 Darslar Rossiya Federatsiyasining yetakchi professor va o‘qituvchilari tomonidan oflayn va onlayn shaklda olib boriladi.

    🌍 Yana bir muhim ma’lumot:
    Bitiruvchilar MDH davlatlarida ham amal qiladigan, xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘ladilar.

    📌 Imtihonlar ijodiy suhbat asosida o‘tkaziladi.

    📢 Kelajagingizni VGIK bilan quring!

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
    @VGIKTashkent_bot
    +998 94 728-82-71
    +998 99 147-22-66

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook