“MOZIYGA SAYOHAT” DASTURI DOIRASIDA SAMARQANDGA SAYOHAT




2026-yil 17-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.
Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqandning tarixiy-madaniy yodgorliklari va qadamjolarini ziyorat qilib, xalqimizning boy tarixiy merosi, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan betakror me’moriy obidalar va nafis san’at namunalarini yaqindan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ichki turizmni rivojlantirish, yoshlarning tarixiy-madaniy meros haqidagi bilimlarini boyitish hamda ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan sayohat yakunida ishtirokchilar shu kunning o‘zida Toshkent shahriga qaytib keldilar.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
