“KinoLab Kino, Teatr studiyasi”

    🔈BDKU Toshkent filiali qoshida “KinoLab Kino, Teatr studiyasi” faoliyatini boshladi!

    ⌛2025-yil 24-sentyabr kuni BDKU Toshkent filiali qoshida “KinoLab Kino, Teatr studiyasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    ⭐️Ushbu tashabbus talabalar ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularning amaliy tajribasini boyitish hamda zamonaviy kino va teatr san’atida o‘z o‘rnini topishi uchun muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

    ✔️Ochilish marosimida filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, faxriy mehmonlar, jurnalistlar, ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar va talabalar ishtirok etdilar.

    📌Studiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat olib boradi va 7 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan kino ixlosmandlari taklif qilinadi:
     1. Aktyorlik mahorati
     2. Operatorlik san’ati
     3. Sun’iy intellekt
     4. Fotosan’at
     5. Vokal
     6. Raqs

    ⚡️ “KinoLab Kino, Teatr studiyasi” yosh avlodning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbiy rivojlantirish ва milliy hamda jahon san’ati bilan uyg‘unlashtirishга xizmat qiladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook