BDKU filialida strategik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
⚡️Filialda ta’lim, ma’naviyat va giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
🗣️2025-yil 15-dekabr kuni filialda 2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan strategik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish filial direktori, professor I. Meliqo‘ziev rahbarligida o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan belgilangan ta’limni modernizatsiyalash, yoshlar siyosatini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda giyohvandlikka qarshi murosasiz kurash yo‘nalishlarini izchil amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, filialda:
— talabalar uchun o‘quv-ijodiy ustaxonalardagi sharoitlarni tubdan yaxshilash;
— ilmiy-ijodiy innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish;
— ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish;
— yoshlar orasida giyohvandlik va zararli odatlarning oqibatlarini yorituvchi ijodiy ishlar va targ‘ibot loyihalarini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Muhokamalar davomida jamoa tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi, mas’ul shaxslarning shaxsiy javobgarligi hamda doimiy nazorat mexanizmlarini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.
Mazkur yig‘ilish davlat siyosati talablaridan kelib chiqib, filialda ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va ma’naviy muhitni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni sog‘lom, ongi toza va vatanparvar etib tarbiyalash yo‘lida muhim va amaliy qadam sifatida baholandi.








Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
