Kinofilmning tom ma’noda san’at asariga aylanishida
📌Kinofilmning tom ma’noda san’at asariga aylanishida, shuningdek operatorlik mahoratining o‘ziga xos qirralarini namoyon etishda rejissyorning tasvirga bo‘lgan yuksak e’tibori hamda g‘oyaviy talqini muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston operatorlik san’ati maktabi kadr tuzilmasi, quyosh nuri va soya imkoniyatlaridan foydalanish xarakteri, diafragmalarni qo‘llashda yorug‘lik yechimlarining tabiiyligi, chuqur soyalar va yarim tuslarga boyligi, oldingi plan bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilishi, koloriti hamda issiq ranglarning ko‘p qo‘llanilishi bilan ajralib turadi. Ushbu jihatlar uni boshqa ijodiy maktablardan farqlab turuvchi o‘ziga xos xususiyatlar sifatida namoyon etadi.
Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti” filiali direktori,san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Meliqo‘ziyev Iqbol Mamasodiqovich.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
