Rahbar va yoshlar uchrashuvi

 

     2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan     yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 5-mart kuni S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida direktor,    professor I. M. Meliqo‘ziyev tomonidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

     Tadbir filialda har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etildi. Uchrashuvda Aloqabank innovatsion menejerlari S. S. Allanazarov va A. R. Ibrohimxodjayev ishtirok etib, talabalarga yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.

    Tadbir davomida Prezident tomonidan ilgari surilgan chora-tadbirlar, jumladan “32 tashabbus” dasturi, startap loyihalarni rivojlantirish hamda startup workshop tashabbuslari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalarga imtiyozli ta’lim va startap kreditlari haqida ma’lumot berildi.

    Kirib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan talabalar hamda o‘qituvchi-xodimlar samimiy tabriklanib, ularga filial direktori tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook