Ta’lim orqali kino olamiga ishonchli qadam – VGIK Toshkent bilan boshlanadi!

 

    Rahbar va yoshlar uchrashuvi

    O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda kino va televideniye yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Buxoro shahri 1-son BMSMda ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuvda:
— Filial direktori, professor, kinooperator va kinorejissyor Iqbol Meliqo‘ziyev
— O‘zbekiston xalq artisti, professor Karim Mirxodiev
ishtirok etdilar.

    Bitiruvchi o‘quvchilar va san’atga qiziquvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kino sohasi, ijodiy yo‘l va kelajak imkoniyatlari haqida ochiq muloqot olib borildi.

    Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook