MILLIY ĞURUR, VATANPARVARLIK VA ISTIQLOL RAMZI!

    18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun


    AZIZ HAMYURTLAR, HURMATLI PROFESSOR-ÖQITUVÇILAR, QADRLI TALABALAR!
    Sizlarni xalqimizning milliy ğururi, ozodligimiz va davlat mustaqilligimizning yorqin ramzi bölgan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
    1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan Davlat bayroğimiz – mamlakatimiz suvereniteti, milliy özligimiz, tarixiy xotiramiz va buyuk kelajagimizga bölgan işonçimizning timsolidir.
    Moviy rang – osmonimiz musaffoligi va ezgu niyatlarimiz, oq rang – tinçlik, poklik va adolat, yaşil rang – yangilaniş, hayot va bunyodkorlik ramzidir. Qizil çiziqlar hayotbaxş kuç va şijoatni, yarim oy hamda yulduzlar esa xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy qadriyatlari va yoruğ istiqbolini ifoda etadi.
    Davlat bayroğimiz har bir fuqaroning qalbida Vatanga muhabbat, milliy iftixor va yuksak mas’uliyat tuyğularini mustahkamlaydi. U jahon sahnalarida, xalqaro maydonlarda va nufuzli tadbirlarda mamlakatimizning şani va qadr-qimmatini namoyon etadi.
   BDKU Toşkent filiali jamoasi sifatida bizham milliy kino san’atimiz, madaniyatimiz va ijodiy salohiyatimizni xalqaro miqyosda namoyon etiş, Özbekiston nomini jahon madaniy makonida yanada yuksaltiriş yölida sidqidildan mehnat qilişni özimizning şarafli burçimiz deb bilamiz.
    Zero, bayroğimiz baland bölsa – qadr-qimmatimiz baland, Vatanimiz tinç bölsa – kelajagimiz buyukdir!
   Barchangizga mustahkam soğliq, oilaviy xotirjamlik, ezgu işlaringizda ulkan zafarlar tilayman. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz hamisa tinç va farovon, muqaddas bayroğimiz esa dunyo uzra hamişa baland hilpirab tursin!
    Hurmat bilan,
    BDKU Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqöziyev

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook