“Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari”




Joriy yilning 18–20-may kunlari Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusidagi yirik xalqaro forum o‘z ishini boshladi.
Mazkur forumda dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashmoqda.
Uch kun davom etadigan forumda Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya, AQSh, Fransiya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Vengriya, Tojikiston hamda Armanistondan nufuzli olimlar, 20 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, PhD olimlar, dekanlar, etnomuzikologlar, tadqiqotchilar, madaniyat markazlari rahbarlari, talabalar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo’ziyev hamda filial professor-o‘qituvchilari ham ushbu xalqaro forumda ishtirok etishdi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori, BDKI aktyorlik mahorati yo‘nalishi ijodiy ustaxonasi rahbari F.B. Mahmudov ham forumda ishtirok etdi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
