BDKU TOSHKENT FILIALI – BITIRUVCHILAR DAROMADI BO‘YICHA O‘ZBEKISTONDA YETAKCHI!
“Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahar filiali bitiruvchilari o‘rtacha 23,4 mln so‘m rasmiy oylik daromad bilan O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari orasida 1-o‘rinni egalladi! 2025-yil iyulidan 2026-yil iyunigacha bo‘lgan davrda bitiruvchilarning respublika miqyosidagi o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 mln so‘mni tashkil etgan.
Ijod (sport) yo‘nalishlari bitiruvchilarining o‘rtacha daromadi esa 6,33 mln so‘mni tashkil etgan.
BDKU Toshkent filiali — 23,4 mln so‘m!
Bu natija bitiruvchilarimizning yuqori kasbiy tayyorgarligi, ijodiy salohiyati va mehnat bozoridagi talab yuqoriligini namoyon etadi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
