“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI”

    2026-yil 19-noyabr kuni «S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti» Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev talabalar, hamda 2-bosqich Rejissura (kino va televideniye) ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashdi.

    Muloqot davomida talabalarni qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Bildirilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
    Shuningdek, talabalarga filial uchun xarid qilinayotgan yangi moddiy-texnik vositalar tanishtirildi. Uchrashuvda filialning mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi doirasida talabalar ishtirokida ijodiy loyihalarni amalga oshirish, qisqa metrajli filmlar va boshqa audiovizual asarlarni suratga olish masalalari ham muhokama qilindi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook