BDKU Toshkent filiali talabalari «Atirgul haqida» filmni tasvirga olishmoqda.

🎬S.A.Gerasimov nomidagi  Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali talabalari «Atirgul haqida» qisqa metrajli badiiy filmni tasvirga olishmoqda.

Rejissyor va g’oya muallifi: Ibrohim Husanbоyev, kinorejissyorlik yo’nalishi, 2-kurs, Ayub Shahobiddinov ustaxonasi.

Ssenariy muallifi: Yusuf Shopatxiddinov, Kinodramaturgiya yo’nalishi, 3-kurs, Odelsha Agishev va Elyor Ishmuhamedov ustaxonasi.

Operator: Vladimir Ten, kinooperatorlik yo’nalishi, 2-kurs, Rustam Murodov ustaxonasi.

Rollarda: Erkin Usmonov, aktyorlik san’ati yo’nalishi, 2-kurs, Bobur Yo’ldoshev ustaxonasi. Hamda Feruza Saidova.