«Renessans» kinochilar uyida Mustaqilligimizning 33 yilligi va S.A.Gerasimov nomidagi BDKU ning 105 yillik yubileyi bo’lib o’tdi
🎉05.09.2024🎬🇺🇿🇷🇺🎥 «Renessans» kinochilar uyida Mustaqilligimizning 33 yilligi va S.A.Gerasimov nomidagi BDKU ning 105 yillik yubileyi bo’lib o’tdi.
Tantanali tadbirda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avaz Tadjixanov, Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, BDKU veteranlar jamoasi a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida filialda yangi ochilgan ijodiy ustaxonalar, festivalga tayyorgarlik jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan barcha yangi qulayliklar bilan tanishishdi.
BDKU Toshkent filiali direktori , professor I.M.Meliqo’ziyev boshchiligida universitet talabalari o’z chiqishlarini namoyish etishdi.