BDKU Toshkent filialida 9-sentyabr kuni talabalarni kutib olish tadbiri bo’lib o’tdi

    S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida 9-sentyabr kuni talabalarni kutib olish tadbiri bo’lib o’tdi.

    Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev qatnashdi va nutq so’zladi. Shuhrat Rizayev 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabrikladi.

    Shundan so’ng filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev barcha talabalarni yangi o’quv yili bilan tabrikaldi. Professor Iqbol Meliqo‘ziyev boshchiligida tayyorlangan dastur bo’yicha talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalari o’quv kinoteatriga taklif qilindi. Talabalarga BDKU ning 105 yilligi uchun tayyorlangan film namoyish etildi.

    Shundan so’ng 1-kurs talabalariga filial o’quv ustaxonalari, Renessans kino uyi va O’zbekfilm kinostudiyasi tanishtirildi.

    Shuningdek, o’quv yilining birinchi kuni filialda Mustaqillik darslari tashkil qilindi.

 

Videoga havola: BDKU Toshkent telegram