BDKU Toshkent filialiga Turk dunyosi jurnalistlari Federatsiyasi bosh direktori Menderes Demir tashrif buyurdi

    Bugun S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialiga Turk dunyosi jurnalistlari Federatsiyasi bosh direktori Menderes Demir tashrif buyurdi. Tashrif davomida filial direktori, professor I.M.Meliqo’ziyev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, unda hamkorlik munosabatlarini o’rnatishning muhim masalalari muhokama qilindi.