Masalimov Ilhom Hamidaliyevich kino aktyor BDKU Toshkent filialida
⚡️Masalimov Ilhom Hamidaliyevich kino aktyor, sport ustasi, jangovar sahnalar sahnalashtiruvchisi, kaskadyor, shuningdek jang san’atlari bo’yicha murabbiy. Faoliyati davomida u 30 dan ortiq filmlarda, teleseriallarda, hujjatli filmlarda, musiqiy videolarda va ijtimoiy rollarda rol o’ynagan. Jang sahnalari rejissyori va kaskadyor sifatida u kinoda ajoyib sahnalarni yaratishga katta hissa qo’shgan.
✔️Bugun 2024 yil 25 sentyabr S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida «Aktyorlik san’ati» ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2-3 kurs talabalari bilan mashg’ulot o’tkazdi. Uning darslarida talabalar sahna harakatining asoslarini va sahna jangining sirlarini o’rgandilar.
Videoga havola: BDKU Toshkent