Hamkorlik memorandumi

 

    2026-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 7-apreldagi jismoniy tarbiya va sport sohasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori, professor E.U. Shermanov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Mazkur memorandum doirasida:
— talabalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
— qo‘shma loyihalar va ijodiy ishlarni amalga oshirish,
— ta’lim va madaniyat sohasida tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

    Mehmonlarga filialda yaratilgan barcha zamonaviy sharoitlar, jumladan fotopavilyonlar va o‘quv bazalari tanishtirildi.

    Ushbu hamkorlik yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

G.V. Plexanov nomidagi REU Toshkent filialida Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari rahbarlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 28-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti bo‘lim boshlig‘i Robert Fedorov hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

    Yig‘ilish davomida filiallar tarmog‘ini rivojlantirish, 2026-yil qabul komissiyasidagi o‘zgarishlar, oliy ta’lim va ilm-fan tizimini rivojlantirish, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ham ishtirok etdilar.

    Shuningdek, unda BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo’ziyev hamda o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.V. Xmirov ishtirok etdi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

MUNOSABAT

 

 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-150-son qarori — “Madaniyat va san’at sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xusus sektor ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat qabul qilinishi mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Ushbu qarorning 11-bandiga alohida e’tibor qaratgan holda, aytish joizki, 2026-yil 1-avgustdan boshlab madaniyat va san’at sohasida nodavlat hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga qaratilgan mazkur qaror soha rivoji va yoshlar uchun beqiyos imkoniyatlar eshigini ochadigan tarixiy qadamdir.

    Shu kungacha ayniqsa ta’lim bilan bog‘liq san’at yo‘nalishlarida bunday keng qamrovli va tizimli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yetarli darajada mavjud emas edi. Yangi joriy etilayotgan grantlar tizimi esa teatr, kino, animatsiya, musiqa, raqs va boshqa ijodiy sohalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

    Ayniqsa, startaplar, ijodiy loyihalar, innovatsiyalar va sun’iy intellekt kabi zamonaviy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilayotgani bu sohaning nafaqat buguni, balki ertangi kuni uchun ham mustahkam poydevor yaratadi. Bu esa yosh ijodkorlarning o‘z g‘oyalarini erkin amalga oshirishi va yangi format hamda yondashuvlarni sinab ko‘rishi uchun katta imkoniyatdir.

    Shuningdek, san’at va madaniyat sohasida inklyuzivlik hamda ijtimoiy yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatdagi barcha qatlamlar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi ham ushbu qarorning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.

    Ishonamanki, ushbu qaror nafaqat madaniyat va san’at sohasining rivojiga, balki yosh avlodning ijodiy salohiyatini ochishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga va milliy madaniyatimizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahar filiali direktori, professor
I.M. Meliqo’ziyev

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Biz sog‘lom hayotni tanlaymiz”

 

    2026-yil 25-aprel kuni BDKU Toshkent filialida “Biz sog‘lom hayotni tanlaymiz” shiori ostida 5000 qadam marafoni tashkil etildi.

    Ushbu marafonda filial direktori, professor I.M. Meliqoziyev boshchiligida barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etdilar. Tadbir jamoaviylik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

    Marafon yakunida sport to‘garaklarida faol ishtirok etgan talabalar filial direktori tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

 

    O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda kino va televideniye yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2026-yil 21-aprel kuni soat 11:00 da Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuvda:
— Filial rektori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev ishtirok etdi.

    Bitiruvchi o‘quvchilar hamda san’atga qiziquvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv davomida kino sohasi, ijodiy yo‘l va kelajak imkoniyatlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

2026–2027 o‘quv yili uchun

  55.05.04 — Kino va televideniye prodyuserligi ixtisosligi

    Mashhur prodyuser va kinorejissyor Krivosheyev Feliks Efimovich ijodiy ustaxonasiga talabalar qabul qiladi!

    Bu — kino sohasida professional faoliyat yuritishni maqsad qilgan, yetakchi loyihalarni boshqara oladigan, ijodiy va tashkiliy salohiyatga ega yoshlar uchun katta imkoniyat.

    Jami 20 ta o‘rin:
    6 ta — grant
    14 ta — kontrakt

    Ma’lumot uchun:
    @VGIKTashkent_bot
     +998 99-855-74-20
     +998 90-185-35-31
     +998 99-147-22-66

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook