“Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari”

    Joriy yilning 18–20-may kunlari Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusidagi yirik xalqaro forum o‘z ishini boshladi.
    Mazkur forumda dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashmoqda.
    Uch kun davom etadigan forumda Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya, AQSh, Fransiya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Vengriya, Tojikiston hamda     Armanistondan nufuzli olimlar, 20 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, PhD olimlar, dekanlar, etnomuzikologlar, tadqiqotchilar, madaniyat markazlari     rahbarlari, talabalar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.
    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo’ziyev hamda filial professor-o‘qituvchilari ham ushbu xalqaro forumda ishtirok etishdi.
    Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori, BDKI aktyorlik mahorati yo‘nalishi ijodiy ustaxonasi rahbari F.B. Mahmudov ham forumda ishtirok etdi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

#9May #XotiraVaQadrlashKuni

 

     2026-yil 8-may kuni “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan filialimizda ma’naviy-ma’rifiy va bayramona tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi.
    Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdilar. Bayram dasturi doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, urush va mehnat faxriylarining jasorati, Vatanga sadoqati hamda bugungi tinch hayotimizning qadri yoritib berildi.
    Tadbirda Toshkent shahar Chilonzor tumani Qurolli Kuchlar faxriylar Kengashi raisi mayor Abdusalom Abduxalikov yoshlar bilan uchrashib, vatanparvarlik, ajdodlar xotirasiga hurmat va yurt tinchligini asrashning ahamiyati haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Hamkorlik memorandumi

 

    2026-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 7-apreldagi jismoniy tarbiya va sport sohasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori, professor E.U. Shermanov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Mazkur memorandum doirasida:
— talabalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
— qo‘shma loyihalar va ijodiy ishlarni amalga oshirish,
— ta’lim va madaniyat sohasida tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

    Mehmonlarga filialda yaratilgan barcha zamonaviy sharoitlar, jumladan fotopavilyonlar va o‘quv bazalari tanishtirildi.

    Ushbu hamkorlik yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook