BDKU Toshkent filialida Jamoatchilik kengashi tashkil etildi




2026-yil 15-sentabr kuni «S.A. Gerasimov nomidagi BDKU» Toshkent filialida Jamoatchilik kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ochib berib, Kengash tarkibiga jalb etilgan tajribali ustozlar, soha mutaxassislari va taniqli ijodkorlarga minnatdorlik bildirdi.
Yig‘ilish davomida Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi Nizom muhokama qilinib, ishtirokchilarning taklif va mulohazalari inobatga olingan holda ovozga qo‘yildi hamda bir ovozdan tasdiqlandi.
Shuningdek, VGIK universitetini tamomlagan, kinematografiya sohasida samarali faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassislar, ustozlar va taniqli ijodkorlardan iborat Jamoatchilik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Kengash rahbariyati:
Hasanov Hamidulla — Jamoatchilik kengashi raisi
Irgashev Azamat — rais o‘rinbosari
Karabayev Zamonmirza — Kengash kotibi
Yangi tarkibdagi Jamoatchilik kengashi ta’lim va ijodiy jarayonni takomillashtirish, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda kinematografiya sohasi bilan hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
