DIQQAT DIQQAT!

Barcha barcha kino ixlosmandlari, kino industriyaga qiziqqanlar diqqatiga 📢

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida mega aksiya!
    Shoshiling!!! Oliy kurslarga 2024-yil 20-sentabrgacha qabul davom etadi.

    Filialning 2024/2025 o’quv yilida «Дополнительная профессиональная образования» ta’lim shakli bo’yicha 10 nafarli guruhlarda bir nafar talabaga to’lov kontrakt mablag’lari tasdiqlandi.

 

    Ma’limot olish uchun:
   +998991472266

 

Kinorejissyor Ayub Shahobiddinov “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlandi

🎉“Bahorni quvib” filmida ish olib borayotgan kinorejissyor Ayub Shahobiddinov “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

✅S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali jamoasi ijodkorni mukofot bilan muborakbod etadi.

✅Ma’lumot uchun, Ayub Shahobiddinov
“Qor qo’ynida lola”, “Sevinch”, “Ko’rgilik”, “O’tov”, “Telba”, “Kechikkan hayot”, “Parizod”, “Rangsiz tushlar” kabi ko’plab filmlar rejissyori xisoblanadi.

XVI Toshkent kinofestivalining Qisqa metrajli filmlar tanlovi hakamlar hay’ati

XVI Toshkent kinofestivalining Qisqa metrajli filmlar tanlovi hakamlar hay’atidan quyidagilar o’rin olgan:

🔹Alireza Shohruhi – kinotanqidchi, Eron Islom Respublikasi;
🔹Ixsan Kabil – Korkut ota kinofestivalining direktori, Turkiya;
🔹Talantbek Tolobekov – “Qirg‘iziston kinoprodyuserlari uyushmasi” a’zosi, Qirg’iziston;
🔹Birgit Boymers – Teatr va kino tarixi bo’yicha mutaxassis, Germaniya;
🔹Vladimir Karachevskiy – Listapad kinofestivalining dasturiy direktori, Belarus Kinoprokati direktori, Belarus.

Toshkent Xalqaro kinofestivali Axborot xizmati

22 -avgust 2024 yili soat 14:00 da S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filiali «Yoshlik» kinostudiyasi DUK rahbariyati

    22 -avgust 2024 yili soat 14:00 da S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filiali «Yoshlik» kinostudiyasi DUK rahbariyati hamda xodimlari va yosh kinoijodkorlar o’rtasida kelajakdagi rejalar yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

    Uchrashuvda filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev talaba-yoshlar o’rtasida kelajakda suratga olinadigan filmlar, filialda talaba-yoshlar uchun o’tkaziladigan qisqa metrajlik filmlar, videoroliklar tanlovi xususida fikr bildirdi. Shuningdek, Iqbol Meliqo’ziyev filialda 20-sentabrgacha bir nechta yo’nalishlar bo’yicha Oliy professional kurslarga qabul bo’layotganligi, ushbu kurslarni kontrakt narxlari arzonlaganligi haqida ma’lumot berdi.

    Uchrashuvda «Yoshlik» kinostudiyasi DUK direktori A.Abdunazarov yangi loyihalar, qisqa metrajli filmlar tanlovini o’tkazish, suratga olingan loyihalarni dunyo miqyosidagi kinofestivallarda ishtirokini ta’minlash bo’yicha ma’lumotlar berdi.

    Shuningdek, Kinematografiya agentligining Kinoloyihalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i J.Ro’zmetov Tirik tarix dasturi mohiyati haqida ma’lumot berdi.