BDKU Toshkent filiali vakillari 74-maktabda uchrashuv o‘tkazildi.

    ⚡️S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali vakillari Chilonzor tumanidagi 74-maktab va Uchtepa tumanidagi 62-maktabda bo‘lib, kino san’atiga qiziqqan bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

    ⭐️Filial talabalari va xodimlari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalik hayoti, ijodiy yo‘nalishlar hamda abituriyentlar uchun tayyorlov kurslari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

    🔼Uchrashuv davomida o‘qish yo‘nalishlari, ijodiy kasblarning o‘ziga xos jihatlari va filialda ta’lim olish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    ⚡️🗣️2025-yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” saroyida Toshkent shahrida joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Favqulodda vaziyatlar”ni oldini olishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

    Mazkur tadbirda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, dekanlar, ularning o‘rinbosarlari, uslubchilar va tyuterlar ishtirok etishdi.

    ✔️BDKU Toshkent filialidan yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning 1-o‘rinbosari J. Shomurodov hamda filial xodimlari ham qatnashishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

    📚“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 22-oktabr kuni BDKU Toshkent filialida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

    ✔️Tadbirda “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasi pedagoglaridan iborat hakamlar hay’ati ishtirok etdi. Tanlovda 12 nafardan ortiq talaba o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

    ⭐️Eng faol va bilimdon ishtirokchilar 1-, 2- va 3-o‘rinlar bilan taqdirlanib, filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

«Til – millat ko‘zgusidir” nomli badiiy kecha BDKU Toshkent filialida

    ⚡️2025-yil 21-oktabr kuni BDKU Toshkent filialida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusidir” nomli badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Tadbirda taniqli san’atkorlar, dramaturglar, professor-o‘qituvchilar va filial talabalari ishtirok etishdi.

    🗣️Tadbirni filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev ochib berib, so‘nggi yillarda dunyo miqyosida o‘zbek tilining nufuzi ortib borayotgani, jahonning eng sara asarlari va filmlari o‘zbek tilida jaranglayotgani, filial talabalari esa o‘z ijodiy ishlari orqali o‘zbek tili rivojiga hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.

    ⭐️Badiiy kechada turli millat vakillari o‘zbek tilida she’rlar o‘qib, qo‘shiqlar kuylashdi, shuningdek, milliy liboslarda ishtirok etishdi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

    BDKU Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyevning O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigi!

    ✨Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar, qadrli talabalar!

    ⚡️S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali jamoasi Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” bilan chin dildan tabriklaydi.

    Til – millatning ruhi, qalbi va g‘ururidir. Ona tilimizni qadrlash, uni asrab-avaylash, avloddan-avlodga yetkazish – har birimizning muqaddas burchimizdir.

    Biz kinematografiya sohasi vakillari yaratadigan har bir film, har bir ijodiy asar orqali o‘zbek tilining jozibasi, boyligi va go‘zalligini dunyoga namoyish etishga intilamiz. Milliy filmlarimizda ona tilimizning betakror ohangi, xalqimizning ma’naviyati va madaniyati o‘z ifodasini topmoqda.

    Muhtaram Prezidentimizning “Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir”, — degan so‘zlari barchamiz uchun tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish yo‘lida mas’uliyatli yo‘nalishdir.

    ⭐️Keling, ona tilimizni e’zozlaylik, uni yanada rivojlantiraylik va yosh avlodni o‘zbek tiliga hurmat ruhida tarbiyalaylik. Zero, til yashasa – millat yashaydi.

    O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook