Diqqat e’lon!

    🎬 “Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovida ishtirok eting.

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi – bu Vatanimizni sevuvchi, ijodkor, iste’dodli talabalar uchun katta imkoniyat!

    ✅ Tanlovning maqsadi:
     ↪️Talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish;
     ↪️Ijodiy, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etish;
     ↪️O‘zbekiston tarixi, madaniyati va yutuqlarini keng targ‘ib etish.
    🎥 Tanlovda OTM talabalari – 1–10 kishilik jamoalar yoki yakka ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

    📤Tanlovga davomiyligi 3-4 daqiqa, formati MPEG-4 bo‘lgan va muallifning o‘zi videoning kamida 60–70% qismida ko‘ringan materiallar qabul qilinadi. Ijodiy yondashuv, ovoz, montaj va badiiy mahorat alohida baholanadi

    🏆Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
     ↪️1-o‘rin – 15 million so‘m
     ↪️2-o‘rin –12 million so‘m
     ↪️3-o‘rin – 10 million so‘m
     ↪️4-o‘rin – 8 million so‘m
     ↪️5-o‘rin – 5 million so‘m

    🏆 Tanlovning oliygoh bosqichi g‘oliblari o‘zi tahsil olayotgan ta’lim tashkiloti tomonidan faxriy yorliq bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

    ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish 

    Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU filialida Shokir Xoliqov bilan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    🗣️2025-yil 7 – oktabr kuni BDKU Toshkent filialida rejissyor, ssenarist, montaj ustasi va yosh tadqiqotchi Shokir Xoliqov bilan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    💥Tadbir davomida ishtirokchilar ssenariy yozishning nazariy asoslari, dramatik tuzilma, tahlil va montajning ahamiyati haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, Shokir Xoliqov o‘zining ijodiy tajribasi asosida ssenariy yaratish jarayonidagi mantiq va matematikani uyg‘unlashtirish sirlarini ulashdi.

    Mahorat darsi jarayonida talabalar uchun amaliy topshiriqlar o‘tkazildi va tajriba almashildi.

 

э

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU filialida qoraqalpoq talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️2025-yil 7-oktabr kuni BDKU Toshkent filialida ta’lim olayotgan qoraqalpoq talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Uchrashuvda filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

    🗣️Uchrashuv davomida talabalarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, grand loyihalarda ishtirok etish, ijtimoiy roliklar yaratish va sun’iy intellekt yo‘nalishida loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Shuningdek, uchrashuvda talabalarning kontrakt to‘lovi va boshqa ijtimoiy masalalari muhokama qilinib, ularning bir qator muammolari ijobiy hal etildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“ROZETTA” filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️BDKU Toshkent filialida 2025-yil 6-oktabr kuni soat 12:00 da 3-qavatdagi kinozalda mashhur fransuz rejissorlar Jan-Lyuk va Per Dardenning “ROZETTA” filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

    🔼Namoyishdan so‘ng Aleksey Artamonov — kinodasturlar kuratori, kinotanqidchi va ko‘plab xalqaro kinofestivallarning dasturiy direktori bilan suhbat tashkil etildi.

    🔽Tadbirda filialning professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda yosh ijodkorlar faol ishtirok etishdi.
Film namoyishi davomida muhokamalar, savol-javoblar va ijodiy fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Diqqat, ijodkorlar!

    ⚡️2025-yil 7–8 oktabr kunlari soat 11:00 da BDKU Toshkent filiali 3-qavatida katta o‘qituvchi, rejissyor, ssenarist, montaj ustasi va yosh tadqiqotchi Shokir Xoliqov bilan amaliy hamda nazariy mahorat darsi bo‘lib o‘tadi!

    🔥Mahorat darsi mavzusi:
    “Ssenariy yozish – bu matematikami?”

    ⌛Sizni ilhom, tahlil va tajriba bilan boyitilgan ijodiy uchrashuv kutmoqda!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Fanlararo ilmiy va innovatsion tadqiqotlar jurnali

    🏅Mukofot: German International Journals Company (Germaniya)

    ✔️“Kinematografiyaning evolyutsiyasi: mustaqillik o‘zbek kinosini qanday o‘zgartirdi” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan
BDKU Toshkent filiali Dramaturgiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi – Y. Shopatxiddinov Germaniyada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etib, tegishli sertifikat bilan taqdirlandi.

    ⚡️Mazkur ilmiy ishga ilmiy rahbarlik qilgan dotsent R.S. Muxamedova ham kurator sifatida sertifikat bilan taqdirlandi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook