MDH davlatlari Xalqaro talabalar festivali

    ⚡️2025-yil 29-sentabrdan 3-oktabrgacha Moskva shahri, BDKUda «Kino ta’limi: MDH davlatlari o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim loyihalari» mavzusida MDH davlatlari Xalqaro talabalar festivali – «Yuksalish» bo‘lib o‘tmoqda.

    ➡️BDKU Toshkent filialidan:
     • dotsent H.T. Nasimov,
     • Dramaturgiya yo‘nalishi talabasi D.R. Shaydulina,
     • Rejissura (kino va TV) yo‘nalishi talabasi I.S. Xusanbayev festivalda ishtirok etmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“MADANIYAT VA SAN’AT FIDOKORLARI”

“MADANIYAT VA SAN’AT FIDOKORLARI” TAQDIRLANDI

    Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda oʻz kasbini chin dildan sevgan, fidokorona mehnat qilayotgan oʻqituvchi va murabbiylar “Madaniyat va san’at fidokori” hamda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

    Mazkur nishon ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohasida yuksak natijalarga erishgan, yoshlarga ilm berishda fidoyilik koʻrsatgan pedagoglarga topshirildi.

    Taqdirlanganlar safida BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqoʻziyev hamda dotsent Rashid Malikovlar bor.
Ularga berilgan ushbu yuksak e’tirof nafaqat shaxsiy mehnatiga, balki universitet jamoasi faoliyatiga ham berilgan katta baho sifatida qayd etildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU filialida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

    📣2025-yil 26-sentabr kuni BDKU Toshkent filialida 1-oktabr — O‘qituvchilar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

    ⭐️O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Tadjixanov ustozlarni bayram bilan tabrikladi.

    🎉Shuningdek, filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ustozlarni bayram bilan birma-bir tabriklab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi hamda ularning fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.

    👍Bayram munosabati bilan filial professor-o‘qituvchilari uchun bayramona furshet dasturxoni uyushtirildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“KinoLab Kino, Teatr studiyasi”

    🔈BDKU Toshkent filiali qoshida “KinoLab Kino, Teatr studiyasi” faoliyatini boshladi!

    ⌛2025-yil 24-sentyabr kuni BDKU Toshkent filiali qoshida “KinoLab Kino, Teatr studiyasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    ⭐️Ushbu tashabbus talabalar ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularning amaliy tajribasini boyitish hamda zamonaviy kino va teatr san’atida o‘z o‘rnini topishi uchun muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

    ✔️Ochilish marosimida filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, faxriy mehmonlar, jurnalistlar, ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar va talabalar ishtirok etdilar.

    📌Studiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat olib boradi va 7 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan kino ixlosmandlari taklif qilinadi:
     1. Aktyorlik mahorati
     2. Operatorlik san’ati
     3. Sun’iy intellekt
     4. Fotosan’at
     5. Vokal
     6. Raqs

    ⚡️ “KinoLab Kino, Teatr studiyasi” yosh avlodning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbiy rivojlantirish ва milliy hamda jahon san’ati bilan uyg‘unlashtirishга xizmat qiladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Ijodiy filmlar taqdimoti

#Ijodiy filmlar taqdimoti

    ⚡️2025-yil 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti, professor Toxir Saidov ijodiy ustaxonasi talabalari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli badiiy filmlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    🗣️Filmlar mashhur yozuvchilar asarlari asosida suratga olindi:
    Abdulla Qahor — “Anor”, “Dahshat”
    G‘ofur G‘ulom — “O‘g‘rigina bolam”

    ⭐️Mazkur loyihalar talabalar tomonidan amaliy darslar jarayonida suratga olish maydonchalarida amalga oshirildi va ularning ijodiy tajribasini boyitishga xizmat qildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025-yil 20-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    🔖2025-yil 20-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Yuldashev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    ⬇️Kun tartibida professor-o‘qituvchilarga iqtidorli talabalarni biriktirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion va ilmiy-amaliy ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

    🗣️Yig‘ilishda “Dramaturgiya” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Y. Shopathiddinov majlis kotibi etib saylandi. Shuningdek, “Yoshlar akademiyasi”ga filialdan “Dramaturgiya” yo‘nalishi 4-kurs talabasi M.Tursunov Muminjon Ismatilla o‘g‘li nomzodi tavsiya qilindi.

    “Yoshlar akademiyasi” — Prezident qarori asosida tashkil etilgan tuzilma bo‘lib, u iqtidorli yoshlarning ilmiy va ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook