2 yillik oliy kasbiy kurslarga qo‘shimcha qabul davom etadi

    🎬 BDKU Toshkent filiali bakalavr yo‘nalishlari va 2 yillik oliy kasbiy kurslarga qo‘shimcha qabul 29.07.2025 yilgacha uzaytirilganini e’lon qiladi!

    🔹 Bakalavr yo‘nalishlari:
     • Kino va televideniye rejissyori
     • Dramaturgiya
     • Kinooperatorlik

    🔹 2 yillik oliy kasbiy kurslar yo‘nalishlari:
     • Kino lokatsiya prodyuserligi
     • Teledasturlar boshlovchisi
     • Teatr va kino aktyori uchun
     • Kinorejissura
     • Vizual kontent, televideniye va kino ssenaristi
     • Golografiya va interaktiv media rejissyori
     • Kinoshunos-muharrir
     • Kinooperatorlik

    📌 Imtihonlar ijodiy ishlar ko‘rigi va suhbat asosida o‘tkaziladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
    @VGIKTashkent_bot
    📞 +998 94 728-82-71
    📞 +998 99 147-22-66

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Kinooperatorlik yo‘nalishining 3-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    🎥 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yili uchun Kinooperatorlik yo‘nalishining 3-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    Ijodiy ustaxona rahbari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi H.B. Xasanov.

    Imtihonning 3-turi – abituriyentlarning ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi. Taqdim etilgan ishlari filial direktori, professor, kinooperator-kinorejissyor I.M. Meliqo‘ziyev hamda o‘qituvchi U.R. Malikov tomonidan ko‘rib chiqilib, baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B.Tajixanov tashrif buyurdi.

    2025-yil 17-iyul kuni BDKU Toshkent filialiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B.Tajixanov tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida filial direktori, professor I.M.Meliqo‘ziyev 2025/2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, imtihon jarayonlari va ularning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, povilyon va o‘quv xonalarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishtirdi.