Ssenariusdan ssenariygacha” mavzusida Q&A (savol-javob) bo‘lib o‘tadi!

    📣 29-may, soat 11:00 da Toshkentdagi BDKU filialida yozuvchi va dramaturg Natalya Sterkina ishtirokida “Ssenariusdan ssenariygacha” mavzusida Q&A (savol-javob) formatidagi mahorat darsi bo‘lib o‘tadi!

    Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari, talabalar, bitiruvchilar va abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

    Natalya Iosifovna Sterkina — Moskva yozuvchilar uyushmasi va Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 6 ta nasriy kitob, bir nechta pyesa va kinossenariylar muallifi.

    Manzil: Toshkent shahri,Chilonzor ko’chasi 1 A.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

    ✅ Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari va “Islom – salomatlik targ‘ibotchisi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda, shuningdek, turli oliy ta’lim muassasalari vakillari, jumladan, S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari J. Shomurodov ham qatnashdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Igor Klebanov Toshkentda!

    Rossiya Federatsiyasining Xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Rossiya Federatsiyasining Xalq artisti, Yevropa kinooperatorlar Ittifoqi (IMAGO) a’zosi, “Nika” mukofoti sohibi Igor Klebanov Toshkentda!

    2025-yil 25–30-may kunlari taniqli kinooperator, ustoz Igor Klebanov BDKU Toshkent filialiga mahorat darslari o‘tkazish uchun tashrif buyurdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi OTMlari rektorlari o‘rtasidagi mintaqalararo konferensiya

    #Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi OTMlari rektorlari o‘rtasidagi mintaqalararo konferensiya 2025-yil 22–23-may kunlari Namangan davlat universitetida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida mintaqalararo konferensiyaning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu nufuzli tadbirda ikki davlatning ta’lim, fan, innovatsiya va ijtimoiy sohalar bo‘yicha yetakchi rahbarlari ishtirok etdi:

    — Odil Qalandarovich Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari
    — Igor Venidiktovich Maslov – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruvning xorijiy mamlakatlar bilan madaniy va mintaqalararo aloqalar bo‘yicha boshlig‘i
    — Shohrux Xojakbarovich Daliyev – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
    — Konstantin Ilich Mogilevskiy – Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari
    — Sardor Baxtiyorovich Rajabov – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari
    — Andrey Alekseevich Korneev – Rossiya Federatsiyasi Maorif vaziri o‘rinbosari
   — Usmon Ulfatovich Sharifxo‘jayev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi direktorining o‘rinbosari

    BDKU Toshkent filiali nomidan ushbu konferensiyada O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xmirov Aleksey Vladimirovich ishtirok etdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Ta’lim va ishlab chiqarishda sun’iy intellekt va neyrotarmoqlar”

    BDKU Toshkent filiali talabalari uchun “Animatsion va hujjatli kino rejissyori, Multimedia rejissurasi ustaxonasi rahbari, Animatsiya va kompyuter grafikasi kafedrasi dotsenti, Animatsiya va multimedia fakulteti dekani Yelena Georgievna Yaromenko ishtirokida “Ta’lim va ishlab chiqarishda sun’iy intellekt va neyrotarmoqlar” mavzusida qiziqarli mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook