Karyera kuni: talabalar uchun yangi imkoniyatlar va hamkorliklar!
🎬 BDKU Toshkent filialida tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida qator tashkilotlar va kinostudiyalar faol ishtirok etdi.
🏦 “Poytaxt bank” AJ va “O‘zmilliybank” AJ vakillari talabalar uchun imtiyozli ta’lim kreditlari, moliyaviy savodxonlik va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.
🤝 Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Sh.T. Rizayev va tizimdagi bir qator tashkilot rahbarlari bilan filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar talabalarning amaliyot o‘tashi, ijodiy loyihalarda ishtirok etishi va sohada ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
📽 Memorandum imzolagan tashkilot va kinostudiyalar:
• “Mening yurtim” telekanali
• “FOX MUSIC CINEMA” MChJ
• “OLOV-NUR-MEDIA” MChJ kinostudiyasi
• “KAMRON FILM” MChJ kinostudiyasi
• “Xasan Films” kinostudiyasi
• “Yoshlik” kinostudiyasi
• “Illusion Pictures” studiyasi
🎓 Studiyalar va tashkilotlar rahbarlari tadbirda shaxsan ishtirok etib, filial talabalari bilan kelgusidagi amaliy mashg‘ulotlar, stajirovkalar va ijodiy hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashdilar.
Bu tashabbuslar yosh mutaxassislar uchun real tajriba orttirish va kino sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya bo‘lish imkoniyatini kengaytirmoqda!
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook