Toshkent shahridagi xorijiy oliygohlar filiallari o‘rtasida suzish bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

    ▶️2025-yil 29-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida Toshkent shahridagi xorijiy oliygohlar filiallari o‘rtasida suzish bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

    ⭐️Filialimiz nomidan ishtirok etgan talabalar quyidagi natijalarga erishdi:

     — Xadjimuhamedova Sevinch (1-kurs, “Produserlik”) — 3-o‘rin
     — Mkrtchyan Arman (2-kurs, “Aktrorlik san’ati”) — 4-o‘rin

    👍Talabalarimiz bilan faxrlanamiz! Yangi zafarlar tilaymiz!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

28 aprel kuni “Renessans” kino uyida O‘zbekiston madaniyat

    ✨28 aprel kuni “Renessans” kino uyida O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan “Kasbim mening faxrim” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.

    ⭐️Tadbirda BDKU Toshkent filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalar faol ishtirok etib, o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va iftixorni namoyish etdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Tashabbus ko‘rsatgan talabalar uchun tashakkurnomalar va maxsus sovg‘alar

    ✔️S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida faol ishtirok etgan, tashabbus ko‘rsatgan talabalar uchun tashakkurnomalar va maxsus sovg‘alar filial direktori I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan topshirildi.

    ⭐️Bu kabi e’tibor yosh ijodkorlarni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlaydi va izlanishlariga kuch bag‘ishlaydi!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

27-aprel kuni “O’zbekfilm”kinokonsernida qisqa metrajli film va musiqiy klip suratga olindi

    ⚡️27-aprel kuni “O’zbekfilm”kinokonsernida 4-kurs “Produserlik fakulteti” talabasi Ibragimov Adadiy tomonidan qisqa metrajli film va musiqiy klip suratga olindi.
    ✔️Suratga olish guruhiga BDKU talabalari quyidagi rollarda ishtirok etdilar:
     • Ssenariy muallifi va produser: Ibragimov Adadiy
     • Rejissyor: Radaeva Aleksandra
     • Ikkinchi rejissyor: Stepanianets Andron
     • Operator postanovshchik: Xolmuhammedov Aziz
     • Ikkinchi operator: Konstantinov Stepan
     • Maydon administratori: Kuzieva Laura

    👍Bu loyiha talabalarimizning ijodiy yondashuvi va mahoratini namoyish etishda ajoyib imkoniyat yaratdi!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Yosh Talantlar”

    ⚡️2025-yil 26-aprel kuni “Yosh Talantlar” nomli Respublika tanloviga Toshkent shahridan va barcha viloyatlardan kelgan iste’dodli o’quvchilar va ularning o’qituvchilari BDKU Toshkent filiali faoliyati bilan tanishdilar.
    Shu bilan birga, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Tamilla Muxammedova (Xoreografiya, sahna harakati) tomonidan “Ustoz saboqlari” o’tkazildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Shaxmat – aql va mantiq o‘yini!

    💥2025-yil 26-aprel kuni Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti tomonidan Toshkent viloyati Angren tumanida joylashgan “Yangiobod” dam olish maskanida xalqaro oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

    ⭐️BDKU Toshkent filiali talabalari ushbu nufuzli musobaqada faol qatnashib, bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.

    🗣️Umumiy ishtirok etgan 30 institutlar ichida Azimova Shoxinabonu Shaxzodovna qizlar shaxmat turnirida 7 o’rin oldi. Yigitlar ichida Xalilov Davlat Shuxratovich esa 16 o’rin egalladi!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook