BDKU Toshkent filialida birinchi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida birinchi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

    2025 yil 27 yanvar kuni Toshkent shahridagi filialda birinchi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga filial direktori, professor I. Melikuziyev rahbarlik qildi.

    Kun tartibidagi asosiy masalalar:

     ✅ Filial Yoshlar yetakchisini tasdiqlash;

    ✅ Kinorejissura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Oliy kursning ilk bitiruvchilari (7 nafar talabalar) ijodiy ishlarini himoyaga tavsiya qilish va himoya kunini belgilash;

    ✅№ 536-son Qarorining 7-bandi 2, 3, va 4 xat boshi ijrosini ta’minlash maqsadida ilmiy unvonlar olish uchun Oliy Attestatsiya Komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etish loyihasi xususida.

     ✅ Turli masalalarni ko‘rib chiqish.

    Mas’ullar o‘zlariga biriktirilgan topshiriqlarni taqdimot shaklida kengashga namoyish qilishdi.

 

 

“Fotokompozitsiya” fanidan o‘z fotosurat ishlarini namoyish etdilar

    Bugun 2025 yil 27 yanvar “Kinooperatorlik” fakulteti 1-kurs talabalari “Fotokompozitsiya” fanidan o‘z fotosurat ishlarini namoyish etdilar.

    Ijodiy ustaxona rahbari U. Malikov va o‘qituvchi V.N. Jirnov rahbarligida o‘tkazildi.

    Filial direktori I. Melikuziyev ham ishtirok etib, talabalarning ishlari bilan tanishdi, o‘z tavsiyalarini berdi va ularga ijodiy faoliyatida omad tiladi.

 

“Kinooperatorlik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘quv amaliyoti

    Bugun 2025 yil 26 yanvar BDKU Toshkent filiali “Kinooperatorlik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘quv amaliyoti, Ijodiy ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi, amaliyot mashg‘ulotlari bo‘yicha “Kinoperatorlik” mahorati fanidan o‘quv ijodiy pavilyonlarda maxsus dekoratsiyalar qurib, operatorlik kasbining eng murakkab tomonlaridan biri bo‘lgan chiroqlar bilan ishlab tajribalarini oshirmoqdalar.

    BDKU Toshkent filiali direktori, professor, kinooperator-kinorejissyor Iqbol Meliqo‘ziyev “Kinooperatorlik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining tasvirga olish jarayonlari bilan tanishib talabalarga o‘zining ijodiy kasbiy fikrlari bilan o‘rtoqlashibgina qolmasdan, hamkorimiz “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan berilgan beg‘araz texnik-jixozlar bilan tanishdi.

    Direktor Iqbol Meliqo‘ziyev filial talabalari uchun yaratilgan sharoitlar va bundan unumli foydalanib yuqori natijalarga erishayotgan talabalarning yutuqlariga to‘xtalib o‘tdi. Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

Talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

    Bugun, 25 yanvar kuni, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialida Talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

    Filial direktori, professor I. Melikuziyev, talabalar bilan uchrashib, ularni samimiy qutladi va ijodiy yutuqlar tiladi. Shuningdek, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shu jumladan, filial talabalari uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib o‘tdi. Talabalarning yuksak yutuqlari alohida ta’kidlandi.

    Tadbirda filial direktori, professor I. Melikuziyev, professor-o‘qituvchilar, dekanlar va filial ma’muriyati ishtirok etishdi. Talabalar uchun maxsus osh tayyorlanib, bayramona dasturxon yozildi. Tadbir samimiy va iliq muhitda o‘tdi.

    🎊 Barcha talabalarimizni bayram bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Ularga tahsilda muvaffaqiyat va ijodiy parvozlar tilaymiz!

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

BDKU Toshkent shahridagi filiali 2025/2026 о‘quv yiliga taklif qiladi

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2025/2026 о‘quv yilida talaba bо‘lishni xohlovchi О‘zbekiston Respublikasining barcha shahar, tuman va viloyatlaridan, shuningdek, barcha qо‘shni davlatlar (Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va hokazo) о‘rta ta’lim maktablari, texnikumlari va boshqa mutaxassislik о‘quv yurtlari о‘quvchilari, madaniyat, san’at va ijodiy sanoat vakillariga ma’lum qiladi.

    Kinematografiya sohasining turlari bо‘yicha tez orada tо‘garaklar faoliyati yо‘lga qо‘yiladi. Filial qoshida kelajakdagi abituriyentlar uchun bepul rus tilini о‘rgatish kurslari hamda kinematografiyaning barcha turlari bо‘yicha “Kino san’ati” tо‘garaklari tashkil etiladi.

    Siz kino san’atining qay bir sohasiga tayyorgarlik kо‘rishni hamda 2025/2026 о‘quv yilidan talaba bо‘lishni xohlaysizmi? Unda shoshiling, kelajagingizni biz bilan birga quring!

     Aniqroq ma’lumot olishni istasangiz, ushbu telefon raqamiga qо‘ng‘iroq qiling: +998 99 147 22 66. Sizni kutib qolamiz!

   Videoga havola: BDKU Toshkent

 

  

BDKU Toshkent filiali direktori I.Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan

    2025 yil 24 yanvar kuni BDKU Toshkent filiali direktori I.Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Ushbu memorandumga muvofiq, “O‘zbekfilm” kinostudiyasining pavilyonlarida amaliy darslar o‘tkazish va 2025 yildan boshlab ochiq va yopiq pavilyon maydonlarida tasvirga olish jarayonlaridan foydalanish bo‘yicha ishchi guruh ishi boshlandi. Shuningdek, 1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishining talabalarining ijodiy kurs ishlari uchun maxsus dekoratsiyalar qurish va “O‘zbekfilm”ning zamonaviy moddiy-texnika bazasidan beg‘araz foydalanish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi. Bu jarayonda filial direktori I.Melikuziyev, “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov, A.Axmedxonov (O‘zbekfilm kinokonserni Boshqarma boshlig‘i), G.Maxmudov (kino-yoritish sexi bo‘limi boshlig‘i), S.Abdullayev (dekoratsiya qurish bo‘limi boshlig‘i), o‘qituvchi-operator U.Malikov va 1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

    2025 yil 10 fevraldan 1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ijodiy ishlari uchun “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan maxsus dekoratsiyalar qurish ishlari boshlanadi.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!