Umid Malikov va Oqil G’ulomovdan mahorat-darslariga taklif qilamiz!

    📣Barchani iste’dodli kinooperatorlar Umid Malikov va Oqil G’ulomovdan mahorat-darslariga taklif qilamiz! Yosh bo’lishiga qaramay, ular o’zbek kinosida katta tajribaga ega va o’z bilimlari va sirlarini baham ko’rishga tayyor.

📅 Sana: 2024-yil 26-sentabr
⏰ Vaqt:soat 11: 00 da boshlanadi
📍 Manzil: VGIK Toshkent

📞 Bizning telefon raqamlarimiz: +998991472266, +998770119198

🔥Professionallar bilan kino yaratish san’atiga sho’ng’ish imkoniyatini boy bermang!

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti 1 va 2 kurs talabalari BDKU Toshkent filialida

    Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti 1 va 2 kurs talabalari S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialiga tashrif buyurdilar va universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Talabalar o’rtasida kurs, diplom ishlari bo’yicha muzokaralar olib borildi.

 

Videoga havola: VGIKTashkent

BDKU Toshkent filialiga Turk dunyosi jurnalistlari Federatsiyasi bosh direktori Menderes Demir tashrif buyurdi

    Bugun S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialiga Turk dunyosi jurnalistlari Federatsiyasi bosh direktori Menderes Demir tashrif buyurdi. Tashrif davomida filial direktori, professor I.M.Meliqo’ziyev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, unda hamkorlik munosabatlarini o’rnatishning muhim masalalari muhokama qilindi.