2026-yil 24-fevral kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha imkoniyatlar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

   Mazkur uchrashuvda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 25-fevral kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda uchrashuv mazmun-mohiyati, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish masalalari hamda belgilangan vazifalar yig‘ilish ishtirokchilariga yetkazildi.

   Prezident topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 26-fevral kuni soat 11:00 da filialda bitiruvchi talabalarni ishga samarali taqsimlashga qaratilgan “Karyera kuni” – Mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.

  Tadbirda kinostudiyalar va telekanallar rahbarlari, ijodiy tashkilotlar vakillari hamda bank sohasi vakillari ishtirok etadilar.

 

 

 

 

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook