#hamkorlik #uchrashuv




2026 yil 5 iyun kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filiali vakillari Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga tashrif buyurib, ta’lim jarayoni, institut faoliyati hamda talabalar uchun yaratilgan ijodiy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida kinematografiya va musiqa san’ati yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ijodiy loyihalarni amalga oshirish, talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar milliy madaniyat va san’atni targ‘ib etishga qaratilgan hujjatli hamda badiiy filmlar yaratish, musiqa va kino san’ati uyg‘unligiga asoslangan yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir doirasida O‘zMMSI talabasi Jamshid Hamroyev va BDKU Toshkent filiali talabasi Mohlaroyim Qo‘chqorova hamkorligida yaratilgan “Rajabiy kodi: Maqomning raqamli xotirasi” film loyihasi taqdim etildi.
Mazkur uchrashuv ta’lim, maqom va kinematografiya sohalari integratsiyasini mustahkamlash, yosh ijodkorlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda milliy madaniy merosni zamonaviy kreativ texnologiyalar orqali targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
