#IjodiyErkinlik #KinoTaraqqiyoti

    Davlatimiz rahbari tomonidan madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda kinematografiya tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan muhim qarorlar e’lon qilindi. Xususan, Respublika kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar faoliyatining tugatilishi hamda ularning o‘rniga soha mutaxassislaridan iborat professional ekspert guruhlarining tashkil etilishi o‘zbek kinosi tarixida yangi davrni boshlab beradigan muhim qadamdir.

    Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi zamon tezkorlik, ochiqlik, raqobat va natijadorlikni talab qilmoqda. Avvalgi boshqaruv mexanizmlari esa ayrim hollarda ijodiy jarayonlarning sekinlashishiga va yosh kinoijodkor tashabbuslarining o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanmasligiga sabab bo‘lgan edi. Endilikda esa qaror qabul qilish jarayoniga bevosita amaliy tajribaga ega mutaxassislar jalb etilishi soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
    Qabul qilinayotgan qarorlar natijasida ijodiy erkinlik yanada kengayadi, iste’dodli rejissyorlar, ssenaristlar, operatorlar va prodyuserlarning yangi loyihalariga keng yo‘l ochiladi. Eng muhimi, sohada sifat, professional yondashuv va shaffoflik mezonlari ustuvor ahamiyat kasb etadi.
    Ushbu tashabbuslarni men Yangi O‘zbekiston madaniy siyosatidagi navbatdagi tarixiy qadam sifatida baholayman. Bu islohotlar milliy kinematografiyamizni xalqaro maydonda raqobatbardosh darajaga olib chiqish, yangi avlod kinoijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek kinosining yangi oltin davrini yaratishga xizmat qiladi.
    Ishonchim komilki, ushbu o‘zgarishlar natijasida O‘zbekiston kinosi dunyo ekranlarida yanada munosib o‘rin egallaydi va milliy madaniyatimizning kuchli targ‘ibotchisiga aylanadi.
    Xasanov Hamidulla Babayevich
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali dotsenti

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

#YuksakE’tirof #MadaniyatVaSan’atE’tiborMarkazid

    2026-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar mamlakatimiz madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi.

    Ayniqsa, har bir talabaning shaxsiy brendini shakllantirish, ijodiy mahsulotlarini bozorga olib chiqish, amaliy hamkorlar topish va taniqli ijodkorlarni talabalarga biriktirish orqali dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar zamonaviy madaniyat va san’at ta’limini yangi bosqichga olib chiqadi.
    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali jamoasi ushbu islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Prezidentimiz tomonidan “Art-menejment”, “Kreativ industriya” va “Loyihalarni tijoratlashtirish” kabi yo‘nalishlarni ta’lim dasturlariga kiritish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijodkorlarning zamonaviy talablar asosida shakllanishiga xizmat qiladi.
    Shuningdek, talabalar startap loyihalari uchun ajratilayotgan 50 milliard so‘mlik mablag‘ madaniyat va san’at sohasida yangi g‘oyalar, kino loyihalari va kreativ tashabbuslarning yuzaga kelishiga kuchli turtki beradi.
    Filial jamoasi mazkur vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi hamda mamlakatimiz uchun zamonaviy fikrlaydigan, xalqaro darajadagi raqobatbardosh kino, televideniye va san’at mutaxassislarini tayyorlash yo‘lida barcha imkoniyatlarini safarbar qiladi.

    Professor Iqbol Meliqo’ziyev
S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktori